Latviya universitetiLatviyadagi birinchi milliy oliy oʻquv yurti. Latviyadagi yirik oʻquv, madaniy va ilmiy markaz hisoblanadi. Riga shahrida joylashgan. 1919-yil tashkil etilgan. 1940—1958 yillarda Latviya davlat universiteti, 1958—1990 yillarda P. Stuchka nomidagi Latviya davlat universiteti deb nomlangan; 1990-yildan hozirgi nomda. 1990-yil teologiya fakulteti, 1998-yil tibbiyot fakulteti faoliyati tiklandi. Latviya universitetida 12 fakultet va 24 ilmiy tadqiqotlar institutlari, kutubxona (2,1 mln.dan ortiq asar), botanika bogi, fan va texnika muzeyi (6 filiali bilan) bor (1999);

1998-1999 oʻquv yili unda 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oldi, 1560 oʻqituvchi, jumladan, 116 professor ishladi. Latviya universitetida taʼlim fanning 24 tarmogʻi, jumladan, tibbiyot va teologiya boʻyicha bakalavr, magistr, doktorlik darajasini olish taʼminlanadigan dastur boʻyicha olib boriladi. Universitet bir nechta ilmiy jurnal nashr etadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil