Harf
Harf – alifbo sirasida boʻlgan, yozuvda nutq tovushlarini (fonemalarni), ularning variantlari va baʼzi bir qoʻshilmalarini ifodalash uchun xizmat qiladigan bosma yoki yozma grafik belgi. Odatda har bir H. bir tovush (fonema)ni bildiradi, lekin yozilgan soʻzning H.larga ajralishi va tegishlicha talaffuz etiluvchi soʻzning fonemalarga ajralishi ideal holatdagina oʻzaro mos keladi. Amalda bunday moslik deyarli uchramaydi: baʼzi H.lar (grafemalar) 2 tovushni ifo-dalashi mumkin: yo (y+o), yu (y+u), ya (y+a), s (t+s) kabi. Shuningdek, bir tovush (fonema) birdan ortiq H. bilan ham ifodalanadi. Mas, oʻzbek lotin alifbosidagi [p§] H.lari qoʻshilmasi 1 ta burun tovushini, nemis alifbosidagi [ksN 1 H.lari qoʻshilmasi shovqinli sirgʻaluvchi (sh) tovushini bildiradi. Baʼzan nemischa matnda bir H. (5) ning oʻzi, qayerda kelishiga qarab, 3 xil tovushni (z, s, sh undoshlarini) ifodalaydi. Oʻzbek alifbosidagi [o| harfi esa yozuvda 4 ta har xil tovushni: sof oʻzbekcha soʻzlarda bir xil, rus va yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda urgʻuli holatda yana bir xil, urgu-siz holatda esa a, i unlilarini bildiradi.
H.lar hajm-shakl jihatdan 2 xil boʻladi: bosh H. va kichik H. Bosh H. – ayrimlari hajmi bilan, ayrimlari esa shakli bilan ham kichik H.lardan farqlanadigan va imlo qoidalari asosida tegishli oʻrinlarda ishlatiladigan H.; k i ch i k H. – imlo qoidalariga koʻra bosh H. yoziladigan hollardan boshqa har qanday holatda qoʻllanadigan H. Bosh va kichik H.larning rasmiy qoʻlyozma shakllari maxsus oʻquv qoʻllanmalari – „Husnixat“larda koʻrsatiladi; ularni qoʻllash qoidalari imloda belgilab beriladi. Bosh H. va uning amalda qoʻllanishi nis-batan keyingi hodisa hisoblanadi. Mas, bosh H.lar lotin yozuvida milodning dastlabki asrlarida, ruski-rill yozuvida esa 18—19-asrlarda barqarorlashgan. Bosh H. asosan yunon, lotin va kirill alifbolariga hamda ular asosida shakllangan boshqa alif-bolarga xosdir. Arab, hind alifbolarida, iyeroglifik yozuvlarda H.lar katta (bosh) va kichik xillarga ajralmaydi [biroq arab alifbosi (yozu-vi)da aksariyat H.lar alohida, soʻz boshida, oʻrtasida va oxirida turi-shiga qarab shaklan farqlanadi]. Shuningdek, uslub talabiga koʻra H.larning qora (yoʻgʻon) va kursiv (qiya va yozmachaga oʻxshash) shakllari ham farqlanadi.
Ly..Istrin V. A., Razvitiye pisma, M., 1961;Diringer D., Alfavit, per. s angl., M., 1963;1Sepkin V. N., Russkaya paleogra-fiya, M., 1967;Fridrix I., Istoriya pis-ma, per. s nem., M., 1979; Am irova T. D., Funksionalnaya vzaimosvyaz pismennogo i zvukovogo yazmka, M., 1985; Zinder L. R., Ocherk obshey teoriy pisma, L., 1987.
Abduvahob Madvaliyev.
Harf yunon alifbosi hamda uning avlodlari boʻlmish boshqa alifbolardagi unsurdir. Yunon alifbosidan avvalgi yozuv shakllari sillabogramma yoki logogramma deyiladi.
Taʼrif
tahrirHarflar nutqni tashkil etuvchi ramzlar boʻlgani uchun ular fonetikaga oiddir. Sof fonemik alifboda bir tovush bitta harf bilan belgilanadi, lekin baʼzi hollarda bir harf bittadan koʻp tovushni anglatishi mumkin. Bir tovushni ifodalovchi harflar juftligi digrafa deyiladi. Digrafaga misol sifatida oʻzbek tilidagi „ch“ va „sh“larni keltirish mumkin. Bir tovush uch harf bilan ifodalanishi ham mumkin (olmon tilidagi „sch“), bunday harflar majmui trigrafa deyiladi.
Shuningdek, baʼzi harflar oʻz nomlariga ham ega. Bu nomlar mintaqa tarixi va madaniyatiga bogʻliq boʻladi. Masalan Z harfi ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda (AQShdan tashqari) zed deb nomlangan, AQShda esa uni zi deyishadi.
Harflar „alfavit tartibi“ deb ataluvchi tartibga egadirlar. Bu tartib turli tillarda turlichadir. Masalan, ispan tilida ñ va „n“ harflari ingliz tilidagidan farqli oʻlaroq har xil vaziyatlarda turadi.
Shuningdek, harflar raqam sifatida qoʻllanishi ham mumkin (masalan, Rim raqamlari).
Tarix
tahrir- Asosiy maqola: Alifbo tarixi
Harflarning ixtiro etilishi mil. avv. 1000 yillar atrofida Xanaanda Gʻarbiy Semit yozuvlari paydo boʻlishi bilan bogʻlanadi. Baʼzi fikrlarga koʻra harflar undan ham avvlaroq, taxminan mil. avv. 1800 yillarda ixtiro etilgan. Yunon alifbosi mil. avv. 300 atrofida paydo boʻlgan.
Harf turlari
tahrirKeng tarqalgan alifbolar va harflar:
Arab alifbosi: ﺍ, ﺏ, ﺕ, ﺙ, ﺝ, ﺡ, ﺥ, ﺩ, ﺫ, ﺭ, ﺯ, ﺱ, ﺵ, ﺹ, ﺽ, ﻁ, ﻅ, ﻉ, ﻍ, ﻑ, ﻕ, ﻙ, ﻝ, ﻡ, ﻥ, هـ, ﻭ, ﻱ
Ivrit alifbosi: א, ב, ג, ד, ה, ו, ז, ח, ט, י, כ, ל, מ, נ, ס, ע, פ, צ, ק, ר, ש, ת.
Kirill alfibosi: А, Б, В, Г, Ґ, Д, Е, Є, Ж, З, И, І, Ї, Й, К, Л, М, Н, О, П, Р, С, Т, У, Ф, Х, Ц, Ч, Ш, Щ, Ю, Я, Ъ, Ь, Ђ, Љ, Њ, Ћ, Џ
Lotin alifbosi: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z.
Yunon alifbosi: Α, Β, Γ, Δ, Ε, Ζ, Η, Θ, Ι, Κ, Λ, Μ, Ν, Ξ, Ο, Π, Ρ, Σ, Τ, Υ, Φ, Χ, Ψ, Ω.
Boshqa yozuv tizimlari va ularning harflari uchun Yozuv tizimlari ro'yxati hamda Alifbolar ro'yxatiga qarang.
Shuningdek
tahrirHavolalar
tahrir- Daniels, Peter T., and William Bright, eds. 1996. The World’s Writing Systems. ISBN 0-19-507993-0.
- Powell, Barry B.. 1991. Homer and the Origin of the Greek Alphabet. ISBN 9780521589079 | ISBN 052158907X.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |