Fransuzcha ketish

iznsiz yoki bildirmasdan manzil yoki hodisani tark qilish

Fransuzcha taʼtil, baʼzan Fransuzcha chiqib ketish, Irlandcha hayrlashuv yoki Irlandcha chiqib ketish bu boshqalarni ogohlantirmasdan yoxud ruxsatsiz bir manzil yoxud hodisani tark etishdir.[1] Zararsiz misollar tariqasida mezbonni xafa qilmaslik yoxud qolganlarga xalaqit bermaslik uchun bazm soʻngini kutmasdan ogohlantirishsiz chiqib ketish, yoxud muammoliroq misol tariqasida askarning oʻz postini ruhsatsiz tark etishini koʻrsatish mumkin.[2]

1825-yil 29-dekabrda Filadelfiada nashr etilgan National Gazette and Literary Register nashrining maqolasida Missuri senatori „Polkovnik Palmer (Martin Parmer) fransuz taʼtilini olib, Texasga ketgani aytiladi“.
1825-yil 29-dekabrda Filadelfiada nashr etilgan National Gazette and Literary Register nashrining maqolasida Missuri senatori „Polkovnik Palmer (Martin Parmer) fransuz taʼtilini olib, Texasga ketgani aytiladi“.

Bu atama 1771-yilda ingliz va fransuz anʼanalari bir-biri bila oʻta bogʻlangan vaqtda ilk bora qayd etilgan.

Fransuzlarda oʻxshash atama filer yoxud l’anglaise (Ketishning inglizcha uslubi)[3] deb nomlanadi va bu 19-asr oxiri 20-aslarga borib taqaladi.[4]

Ilk qoʻllanishi

tahrir

Oksford lugʻati (Oxford English Dictionary) bayonida atama qabulxona yoxud biror yerdan mezbon yoxud mezbonlarning rxsatisiz ketishni bildiradi. Shunday qilib, hazil tariqasida fransuzcha ketish bu biror narsani ogohlantirish yoxud ruxsatsiz qilishdir. OEDning aytishicha, birinchi foydalanish 1771-yilda uchraydi va unda: „U Irland kelinchagini oʻgʻirladi va mendan va oʻz ustozidan fransuzcha ketish qildi“.

James Bozvelning 1762-yil 15-noyabrdagi jurnalida yoziladiki, uning doʻsti uni Shotlandiyani tark etayotganini koʻrmagan, „ Karni menga aytganidek Fransiyada hech kim ketish uchun ruxsat olmaydi, men esa shunchaki oʻtirdim, xolos“.[5]

Kanada va Amerika Qoʻshma Shtatlarida ham ''Irlandcha xayrlashuv'' terminidan foydalaniladi.[6]

Harbiy qoʻllanishi

tahrir

Atama, ayniqsa, harbiy qismga beeʼtiborlik bilan kelmaslikni bildiradi. Bu tarixi boy boʻlgan Fransuz-Ingliz ziddiyatidan kelib chiqqan. Ispaniyaning ham aytishiga koʻra, atama fransuzlarga tegishli. Bu atama Napoleonning Iber Penunsulasiga Anglo-Portugal va Ispaniyaning qoʻshilgan qoʻshinlariga yozganida shunday nom olgan.

Manbalar

tahrir
  1. Brewer's Dictionary of Phrase and Fable (Millennium Edition; London: Cassell, 1999). 
  2. Parkinson, Judy (2000). „From Hue & Cry to Humble Pie“.
  3. Anu Garg's A.Word.A.Day, September 8, 2008. „http://wordsmith.org/words/chinese_puzzle.html“.
  4. „"Filer à l'anglaise"“. Francparler. Retrieved September 7, 2012..
  5. Pottle, Frederick A., ed. (1950). Boswell’s London Journal. McGraw-Hill. p. 40
  6. Seth Stevenson (3 July 2013). „Don't say goodbye“. Slate.com.