Sport va boshqa shunga oʻxshash musobaqalar boʻyicha bronza medal Olimpiya oʻyinlari kabi musobaqalarda uchinchi oʻrinni egallagan sportchiga beriladigan, bronzadan tayyorlangan medal hisoblanadi. Gʻolib oltin medal, ikkinchi oʻrin esa kumush medal oladi. Umuman olganda, bronza anʼanaviy ravishda barcha turdagi yuqori sifatli medallar, shu jumladan sanʼat sohalaridagi medallar uchun ishlatiladigan eng keng tarqalgan metalldir. Olimpiya oʻyinlarida uchinchi oʻrin uchun bronza medallarni berish amaliyoti Missuri shtatining Saint Louis shahrida boʻlib oʻtgan 1904-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari(ingl.)da boshlangan, undan oldin medallar faqat birinchi va ikkinchi oʻrinlar uchun berilgan.

1980-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari(ingl.)da bronza medal
Pisanello tomonidan yasalgan Ioann VIII Paleolog medali nomli bronza esdalik sovgʻasi (1438), turli metallardan asosan, bronzadan yasalgan.

Olimpiada oʻyinlarida

tahrir

Olimpiadada medalni zarb qilish mezbon shaharning zimmasida. 19281968-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida medal dizayni bir xil boʻlgan: old tomonida Florensiya rassomi Juzeppe Kassioli tomonidan chizilgan dizayn va mezbon shahar tomonidan berilgan matn; orqa tomonda Olimpiya chempioni rasmi tushirilgan. 19722000-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlari oraligʻida biroz qayta ishlangan. Kassioli dizayni medalning old tomonida qoldi va orqa tomonda mezbon shahar tomonidan tayyorlangan maxsus dizayn tushirila boshladi. Kassioli dizayni Rim amfiteatrini asli yunoncha oʻyin uchun tayyorlangan koʻrinishidan ilhomlangan boʻlib, 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan boshlab yangi old dizayndan foydalana boshlandi. Qishki Olimpiya oʻyinlari medallari xilma-xil dizaynga ega edi.

Baʼzi sport musobaqalarida, jumladan, boks, dzyudo, taekvondo va kurash kabi bir nechta sport turlari boʻyicha musobaqalarda yarim finalchi bronza medal topshiriladi[1].

Psixologik oʻrganish

tahrir

1995-yilda ijtimoiy psixologlar Viktoriya Medvec, Skott Madey va Thomas Gilovich tomonidan qarama-qarshi fikrlashning Olimpiadaga taʼsiri boʻyicha tadqiqot oʻtkazildi. Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, bronza medalini qoʻlga kiritgan sportchilar kumush medalni qoʻlga kiritgan sportchilarga qaraganda gʻalaba qozonganidan koʻproq xursand boʻlishadi. Kumush medal sohiblari oltin medalni qoʻlga kirita olmaganliklari uchun koʻproq hafsalasi pir boʻlayotgan bir paytda, bronza medal sohiblari esa medalsiz olib ketgandan koʻra (toʻrtinchi oʻrin uchun medal yoʻqligi sababli) hech boʻlmaganda bronza medalni boʻlsa ham olganliklaridan xursand boʻlishgan[2]. Bu nokaut musobaqalarida aniqroq namoyon boʻladi, bunda bronza medal sohiblari uchinchi oʻrin uchun pley-offda gʻalaba qozonish orqali medal qoʻlga kiritadilar, kumush medal esa finaldagi magʻlubiyatdan keyin beriladi. Ushbu psixologik hodisa stand-up komik Jerri Seynfeld tomonidan I'm Telling You for the Last Time nomli konsertda parodiya qilingan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir