Boʻyin umurtqalari
Boʻyin umurtqalari 7dona. Ularga ogʻirlik kam tushgani uchun tanasi nisbatan kichik va ellipssimon shaklda. Boʻyin umurtqlari tanasi III umurtqadan VII ga qarab kattalashib boradi. Ularning ustki va pastki yuzalari egarsimon bukilgan. Umurtqa teshigi esa katta uchburchak shaklida. Boʻyin umurtqalarining oʻziga xos xususiyatlaridan biri ularning koʻndalang oʻsimtadagi teshikdir(foramen transversarium). Boʻyin umurtqalarining koʻndalang oʻsiqchalari yuqori yuzasida joylashgan orqa miya nervining egati(sulcus nervi spinalis)uni oldingi doʻmboqcha(tuberculum anterius)va orqa doʻmboqchag(tuberculum posterius)ajratadi. VI umurtqaning oldingi doʻmboqchasiga uyqu arteriyasi yaqin joylashgani uchun uni uyqu doʻmboqchasi (tuberculum caroticum)deyiladi. Arteriya jarohatlanganda uni shu doʻmboqchaga bosib qon oqishini toʻxtatish mumkin. Boʻyin umurtqalarining boʻgʻim oʻsiqchalari qisqa. Ularning ustki boʻgʻim yuzasi orqaga va yuqoriga ostki boʻgʻim yuzasi esa oldinga va pastga qaragan. II-VI boʻyin umurtqalarining oʻtkir qirrali oʻsiqchalarining uchi ayri shaklda tugaydi. VII boʻyin umurtqasining oʻtkir qirrali oʻsiqcha boshqa boʻyin umurtqalariga nisbatan uzun va yoʻgʻon boʻlib tirik odamda teri ostida bilinib turadi. Shuning uchun bu umurtqani boʻrtib turuvchi umurtqa deyiladi.
Manbalar
tahrirA.Ahmedov,X.Rasulov. Odam anatomiyasi Bolalar anatomiyasi asoslari bilan."IQTISOD-MOLIYA"2013.29-bet
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |