quyon
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qu-yon
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]QUYON 1 kemiruvchilar oilasiga mansub, quloq-lari va orqa oyoqlari uzun, jussasi kichik, yugurik hay-von'. Toʻngak orqasidan quloqlari dikkaygan q u yo n paydo boʻldi (Oybek). Turkiy tillardagi uy hayvonlari nomini maxsus oʻrgangan A.M.Sherbakning taʼkidlashicha bu ot dastlab qodgʻan shaklida talaffuz qilingan (IRLTYA, 136), keyinchalik turkiy tillarda turlicha to — vush oʻzgarishlari voqe boʻlgan; shu jumladan oʻzbek ti — lidagi quyân soʻzi qodgʻan soʻzi tarkibidagi gʻ undoshini talaffuz qilmaslik, o unlisini u unlisiga, d undo — shini y undoshiga, a unlisini â unlisiga almashtirish natijasida yuzaga kelgan: qodgʻan > qodan > qudan > quyan > quyân.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Tovushqonlar oilasiga mansub, quloqlari va orqa oyoqlari uzun sutemi-zuvchi hayvon. ◆ Yovvoyi quyon. Xonaki quyon. Quyon terisi. n ◆ Toʻngak orqasidan quloqlari dik-kaygan quyon paydo boʻldi-da, koptokdek sak-rab, butalar orasiga yashirindi. Oybek, „Quyosh qoraymas“ . ◆ Ovchilar.. har qaysisi bir nechadan quyon, oʻrdak olib bormoqda edi. A. Qahhor, „Xotinlar“ . ◆ Oʻzbekiston xoʻjaliklarida quyon, asosan, goʻsht va moʻyna uchun boqiladi. "Fan va turmush" .
2 koʻchma Yuraksiz, jurʼatsiz, qoʻrqoq (odam qaqida). ◆ Mayna.. Narzi ota bilan guru ngshshishni.. istamasdi. Bu qari quyon biror vahimani javrab, gʻashimni keltiradi, deb indamadi. Sh. Toshmatov, „Erk qushi“ .
- Quyon boʻlmoq s. t. Qochib qolmoq, juf-takni rostlamoq. /◆ Munavvarxon] Ishxonasi-ga bir koʻrinish beradi-yu, quyon boʻladi. M. Ibrohimov, „Yoʻlakdagi muhabbat“ .
3 Muchal yil hisobida toʻrtinchi yil nomi.
- Quyon yili Muchal yil hisobida toʻrtin-chi yil (q. muchal); xargoʻsh yili.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҚУЁН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
quyon
заяц; ◆ uy quyoni кролик; ◆ koʻpdan quyon qochib qutulmas погов. (букв. от множества людей и заяц не убежит) сообща всё можно сделать, сообща можно осилить любое дело; ◆ quyon yili год зайца (четвёртый год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal); ◆ quyon yurak трус, трусишка; ◆ quyon boʻlmoq задать тягу, улепётывать, удирать.