faqir
[edit]
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[edit]fa-qir
Aytilishi
[edit]Etimologiyasi
[edit]arab. – qambagʻal, muhtoj;
Maʼnoviy xususiyatlari
[edit]Maʼnosi
[edit]1. Moddiy jihatdan nochor, kambagʻal, muhtoj. ◆ Faqir odam. ◆ Amirning oshidan faqirning mushti yaxshi. Maqol ◆ Birovning mol-dunyosi oshib-toshib yotsa-yu, faqirga koʻz olaytirsa, haqiqat bormi axir, ey falak! J. Sharipov, „Xorazm.“ ◆ Javob ololmadi hech kim ham zotan: Na sulton, na gado, na shoh, na faqir. A. Oripov, „Yillar armoni.“
2. esk. Birinchi shaxs oʻrnida yoki "men", "biz" olmoshlari bilan birlikda ishlatilib, soʻzlovchining kamtarlik qilayotganini ifodalaydi. ◆ Tabibiy entikdi: Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim. S. Siyoyev, „Yorugʻlik.“ ◆ Faqir u zotning suhbatlaridan bahramand boʻlgan paytlarimni eslasam, yuragim ezilur! P. Qodirov, „Yulduzli tunlar.“ ◆ Sizdek muhtaram zot taklif etadi-yu, bizdek faqir bosh tortadimi? S. Siyoyev, „Avaz.“
3. koʻchma Nochor, bechora, chorasiz. Kichik, xarob, faqir bir uy. ◆ Kampir va yosh bir xotin joʻxori tozalar edi. Oybek, „Nur qidirib.“ ◆ Faqir yuragim orqamga tortib, peshonamni sovuq ter bosdi. "Fan va turmush".
- Bola faqir Achinarli, qiyin ahvolga tushgan yosh bola; bechora bola. ◆ Bola faqirga qiyin boʻldi, — dedi Jonuzoq oqsoqol. — Issiq-sovugʻiga qaraydigani yoʻq. Yolgʻiz. S. Anorboyev, „Oqsoy.“ ◆ Bola faqirning qilgan mehnatiga hali bu hosilalar ham oz, taqsir! A. Qodiriy, „Obid ketmon.“
Sinonimlari
[edit]Antonimlari
[edit]FAQIR. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[edit]faqir
Ruscha ru
faqir
1 bednыy, neimuщiy; // niщiy; bednyak; ◆ ~ odam bednыy (nujdayuщiysya) chelovek; ◆ bola ~ razg. bednыy malьchik, bednyaga, bednyajka;
2 ust. samounichijitelьnoe vыrajenie, upotreblyavsheesya pri obraщenii k starshimili pri upominanii o starshix v smыsle: ya ubogiy; ya prezrennыy bednyak; ◆ ~ning kulbasiga tashrif etsalar vы bы posetili xijinu bednyaka (t. e. moyu xijinu); ◆ ~u fano (prav. faqru fano) sm. faqr.