Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (yaponcha: サッカー日本女子代表 Sakkā Nippon Joshi Daihyō ) (yoki Nadeshiko Japan nomi bilan ham tanilgan (yaponcha: なでしこジャでしこジャャパこジャャパパジャパパこジャパパ,)) xalqaro maydonda Yaponiya sharafini himoya qiladi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya futbol assotsiatsiyasining tomonidan boshqariladi[1]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi hisoblanadi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 2011-yil dekabrida erishilgan 3-oʻringa chiqqanidir (jahon boʻyicha)[2].
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini magʻlub etdi va shu tariqa oʻzining birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bu natijasi bilan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Osiyo ayollar futbol terma jamoasi boʻldi[3]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida va 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi va bu xalqaro chempionatlarda uchta umumiy medalga ega boʻlgan yagona Osiyo jamoasiga aylandi[4]. Shuningdek, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014 va 2018-yillardagi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi, 2010 va 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari hamda 2008, 2010 va 2019-yillardagi EAFF futbol chempionatlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qit'alararo FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati Chempionlar - 2011-yil G'oliblar - 2015-yil Osiyo o'yinlari Chempionlar - 2010-il , 2018-yil G‘oliblar: 1990 - yil, 1994 -yil , 2006 -yil , 2014 -yil Boshqa turnirlar: Chempionlar: 2008-yil, 2010-yil, 2019-yil, 2022-yil G‘oliblar: 2013-yil, 2017-yil Algarve kubogi G‘oliblar: 2012-yil, 2014-yil
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yillardan boshlab Yaponiyada ayol futbolchilar va jamoalar soni ortib bordi va bu jamoalar Yaponiyaning turli qismlarida mintaqaviy ligalarni tashkil qilishdi. 1977-yilda Yaponiya terma jamoasi oʻzining birinchi xalqaro turniri boʻlgan 1977-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Ammo, bu Yaponiya terma jamoasi milliy jamoa emas edi, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi FC Jinnanni klub jamoasini,Yaponiya nomidan oʻynaydigan jamoasi sifatida yuborgan edi[5][6]. 1980-yilda „ Ayollar futboli boʻyicha Butun Yaponiya chempionati“ boʻlib oʻtdi. 1981-yilda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi 1981-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati[7] qatnashishi uchun birinchi milliy terma jamoani tuzdi va Seiki Ichixara Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi (vaqtinchalik) bosh murabbiyi boʻldi. Ushbu turnirdagi 7-iyun kuni Xitoy Taypeyi terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyin hisoblanadi.
1986-yil yanvar oyida Ryohei Suzuki Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun birinchi doimiy bosh murabbiy boʻldi. Dekabr oyida Yaponiya ayollar oʻrtasidagi 1986-yilgi Osiyo chempionatida 2-oʻrinni egalladi. 1989-yilda „Yaponiya ayollar futbol ligasi“ (qisqacha „L. Liga“) tashkil etildi va Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1991-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan „FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati“ga yoʻllanma oldi.
Pasayish davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1996-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari va 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kabi turli chempionat turnirlarida qatnashdi. Biroq, 1999-yilda Yaponiya 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok eta olmadi va bu iqtisodiy turgʻunlikka (Yoʻqotilgan oʻn yillik) va L. Ligasidan (Yaponiya ayollar milliy futbol ligasi) bir qator jamoalarning chiqib ketishiga sabab boʻldi. Yaponiya ayollar futboli tanazzul yoqasida kelib qoldi.
Koʻtarilish davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yilning avgust oyida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Makao milliy futbol jamoasiga murabbiylik qilgan Eiji Uedani Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining yangi bosh murabbiy etib tayinladi. Yaponiya futbol mutasaddilari bu bilan ayollar futboli jonlanishini kutishgan va 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jamoani qayta tashkil etishni rejalashtirishgan. Jamoa dastlab magʻlubiyatga uchradi, lekin Ueda asta-sekin jamoani yaxshiladi va u oxir-oqibat Yaponiyada keng qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, 2004-yilgi Olimpiadada kim ishtirok etishini hal qilgan Koreya KXDRga qarshi oʻyin muxlislarni nafaqat „Milliy“ stadionga shoshilishdi, balki televizor orqali ham koʻp tomosha qildi.
Yaponiyada ayollar futboliga boʻlgan qiziqish ortganidan soʻng, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga taxallus tanlash uchun ommaviy tanlov uyushtirdi. „Nadeshiko Japan“ nomi 2700 ga yaqin takliflar orasidan tanlab olindi va bu nom Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining rasmiy nomi ekanligi 2004-yil 7-iyulida eʼlon qilindi. „Nadeshiko“, yaʼni chinnigulning bir turi „Yamato Nadeshiko“ iborasidan kelib chiqqan.
2003 va 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Germaniya, Kanada va Argentina ayollar milliy terma jamoalari bilan oʻynadi. Lekin Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Argentinaga 6:0 hisobida, amaldagi chempion Germaniyaga 0:3, Kanadaga esa 1:3 hisobida magʻlub boʻldi va guruhda 4-oʻrinni egalladi.
Oldingi turnirdagi magʻlubiyatiga qaramay, 2007-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Germaniya, Argentina va Angliya ayollar terma jamoalari bilan toʻqnash kelishdi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi turnirni Angliya terma jamoasi bilan 2:2 hisobidagi durang bilan boshlashdi, keyin Argentina terma jamaosini 1:0 hisobida magʻlub etiishdi. Ammo amaldagi chempion Germaniya ayollar milliy terma jamoasidan 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan Yaponiya yana guruh bosqichidan chiqa olmadi.
Oltin davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida uchinchi oʻrinni egallab, 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Oʻz guruhida Angliya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi chorak finalda ikki karra amaldagi chempion va mezbon Germaniya ayollar terma jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Shvetsiya ayollar terma jamoasini 3:1 hisobida osonlikcha magʻlub etib, finalga chiqdi.
Yakuniy oʻyin qoʻshimcha vaqtdan keyin ham 2:2 hisobida yakunlanganidan soʻng, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi penaltilar seriyasida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etib, FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan birinchi Osiyo jamoasi boʻldi[10][11]. Bu vaoqea Yaponiya erkaklar terma jamoasi Yaponiya futbolidagi eng muvaffaqiyatli yil boʻlgan 2011-yilgi Osiyo Kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng sodir boʻldi.
2012-yil yozgi Olimpiada oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga 2011-yil sentabr oyida, ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqanidan atigi 6 hafta oʻtgach, Osiyo saralashida birinchi oʻrinni egallab yoʻllanma olgan edi. Olimpiada oʻyinida oʻz guruhida Shvetsiya ayollar terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi chorak finalda Braziliyaiya ayollar terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi. Soʻngra Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Olimpiada boshlanishi oldidan oʻrtoqlik uchrashuvida yutqazgan Fransiya ayollar terma jamaosi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib finalga yoʻl oldi.
Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyati uchun revansh xohlayotgan AQSh terma jamoasi bilan finalda toʻqnash kelgan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bu safar 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Yaponiya terma jamoasining darvozasiga 8 va 54-daqiqalarda Carli Lloydga ikkita gol urdi. Yaponiya terma jamoasining yagona goliga Yuki Nagasato mualliflik qildi[12].
2014-yilgi Osiyo kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozongan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etdi (hech qachon ushbu turnirda gʻolib boʻlmagan edi). Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo qirolichasi laqabi bilan tanilgan Avstraliya, mezbon Vyetnam va bu turnirda ilk bor qatnashayotgan Iordaniya ayollar terma jamoalari bilan bir guruhga tushishdi.
Turnirning guruh bosqichidagi ilk oʻyinida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi amaldagi chempion Avstraliyaga qarshi 2:2 hisobida durang oʻynashdi[13]. Shuningdek, guruh bosqichida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi mezbon Vyetnam terma jamoasini 4:0 hisobida, Iordaniya terma jamoasini 7:0 hisobida magʻlub etib, toʻplar farqi yuqori boʻlgan holda guruhda birinchi oʻrinni egalladi.
Yarim finalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi sakkiz karra Osiyo kubogi chempioni Xitoy milliy terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Finalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliya milliy terma jamoasi bilan yana bir bor toʻqnash keldi va Azusa Ivashimizuning goli evaziga 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Natijada, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta „Osiyo kubogi chempioni“ boʻldi. Shuningdek, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻolib chiqqan birinchi Osiyo terma jamoasi boʻldi. Turnirda birinchi oʻrinni egallaganligi sababli Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya va Tailand milliy ayollar terma jamoalari bilan birga keyingi yili Kanadada boʻlib oʻtadigan 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[14].
Oʻsha paytda dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida turnir debyutantlari hisoblangan Ekvador, Shveysariya va Kamerun ayollar terma jamoalari bilan C guruhidan joy oldi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhning barcha uchta oʻyinida gʻalaba qozonib, 1/8 finalga yoʻl oldi va bu bosqichda Gollandiya terma jamoasi (yana bir turnir debyutanti) bilan durang oʻynadi. Penaltilar seriyasida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining qoʻli baland keldi. Avstraliyaga qarshi chorak final oʻyinida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Mana Iwabuchining yagona goli evaziga yarim finalga yoʻl oldi.
Yarim finalda Angliya terma jamoasi bilan oʻyinda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi shijoatli „sherlar“ga qarshi asosiy vaqtda jon saqlab qola oldi, lekin penaltilar seriyasida Angliya terma jamoasining qoʻli baland keldi. 3-oʻrin uchun oʻtkazilgan pley-off oʻyinida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi AQSh ayollar terma jamoasi bilan qarama-qarshi tushishdi. 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyati uchun AQSh terma jamoasi yana bir bor revansh ola bildi va Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqani 4-oʻrin bilan yakunladi.
Jamoa tasviri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa laqabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Nadeshiko Japan“ (Yapon chinniguli) laqabi bilan tanilgan.
Jamoaning uy stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini mamlakat boʻylab turli stadionlarda, navbatma-navbat oʻtkazadi.
Azaliy raqib jamoalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Koreya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol boʻyicha Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoalari bir-biriga azaliy raqib hisoblanadi. Ushbu raqobatda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yaqqol ustunlikka ega.
Avstraliya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Avstraliya ayollar milliy futbol terma jamoalari AFCning eng kuchli jamoalari hisoblanadi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi futbol sport turi boʻyicha azaliy raqib hisoblanadi. Ushbu raqobatda ham Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ustunlikka ega.
FIFA Jahon reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 5-avgust holatiga koʻra:
FIFA ayollar futboli Jahon reytingida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jamoa | Reyting | Yil | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Durang | Oʻsish | Tushish | |||
Reyting | Koʻchish | Reyting | Koʻchish | ||||||||
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi | 11 | 2022-yil 5-avgust holatiga koʻra | 8 | 4 | 1 | 3 | 13 | ▬ | 13 | ▬ | |
13 | 2021-yil | 11 | 6 | 3 | 2 | 10 | 1 | 13 | 3 |
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining turnirlardagi natijasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra:
Musobaqa | Bosqich | Natija | Raqib jamoa | Oʻrin | Izohlar |
---|---|---|---|---|---|
1981-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 0-1 | Xitoy Taypeyi | 3 / 4 | |
0-2 | Tailand | ||||
1-0 | Indoneziya | Handa (Ilk xalqaro gol) | |||
1986-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 0-2 | Xitoy | 2 / 3 | |
10-0 | Malayziya | Takakura (2), Nagamine (4), Kioka (2), Tezuka, Matsuda | |||
Yarim final | 4-0 | Tailand | Kioka, Nagamine, Noda, Matsuda | ||
Final | 0-2 | Xitoy | |||
1989-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 3-0 | Gongkong | 1 / 4 | |
11-0 | Indoneziya | ||||
14-0 | Nepal | ||||
Yarim final | 0-1 | Xitoy Taypeyi | |||
3-oʻrin | 9-0 | Gongkong | |||
1990-yilgi Osiyo oʻyinlari | Asosiy davra | 0-5 | Xitoy | ||
5-0 | Gongkong | ||||
8-1 | Janubiy Koreya | ||||
1-1 | Shimoliy Koreya | ||||
3-1 | Xitoy Taypeyi | 2 / 6 | |||
1991-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 1-0 | Shimoliy Koreya | ||
4-1 | Gongkong | ||||
12-0 | Malayziya | ||||
12-0 | Andoza:Country data Singapor Singapor | 1 / 5 | |||
Yarim final | 0-0 (PSO: 5-4) | Xitoy Taypeyi | |||
Final | 0-5 | Xitoy | |||
1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 0-1 | Braziliyaiya | ||
0-8 | Shvetsiya | ||||
0-3 | AQSh | ||||
1993-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 6-1 | Xitoy Taypeyi | ||
15-0 | Filippin | ||||
4-0 | Gongkong | 1 / 4 | |||
Yarim final | 1-3 | Xitoy | |||
Final | 3-0 | Xitoy Taypeyi | |||
1994-yilgi Osiyo oʻyinlari | Guruh bosqichi | 1-1 | Xitoy | ||
3-0 | Xitoy Taypeyi | ||||
5-0 | Janubiy Koreya | 2 / 4 | |||
Final | 0-2 | Xitoy | |||
1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 0-1 | Germaniya | ||
2-1 | Braziliyaiya | ||||
0-2 | Shvetsiya | 3 / 4 | |||
Chorak final | 0-4 | AQSh | |||
1995-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 1-0 | Janubiy Koreya | ||
6-0 | Hindiston | ||||
17-0 | Oʻzbekiston | 1 / 4 | |||
Yarim final | 3-0 | Xitoy Taypeyi | |||
Final | 0-2 | Xitoy | |||
1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari | Guruh bosqichi | 2-3 | Germaniya | ||
0-2 | Braziliyaiya | ||||
0-4 | Norvegiya | 4 / 4 | |||
1997-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 21-0 | Guam | ||
1-0 | Hindiston | ||||
9-0 | Gongkong | 1 / 4 | |||
Yarim final | 0-1 | Shimoliy Koreya | |||
3-oʻrin | 2-0 | Xitoy Taypeyi | |||
1998-yilgi Osiyo oʻyinlari | Guruh bosqichi | 6-0 | Tailand | ||
2-3 | Shimoliy Koreya | ||||
8-0 | Vyetnam | 2 / 4 | |||
Yarim final | 0-3 | Xitoy | |||
3-oʻrin | 2-1 | Xitoy Taypeyi | |||
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 1-1 | Kanada | ||
0-5 | Russia | ||||
0-4 | Norvegiya | 4 / 4 | |||
1999-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 9-0 | Tailand | ||
5-1 | Oʻzbekiston | ||||
14-0 | Nepal | ||||
6-0 | Filippin | 1 / 5 | |||
Yarim final | 0-2 | Xitoy Taypeyi | |||
3-oʻrin | 2-3 | Shimoliy Koreya | |||
2001-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 14-0 | Andoza:Country data Singapor Singapor | ||
11-0 | Guam | ||||
0-1 | Shimoliy Koreya | ||||
3-1 | Vyetnam | 2 / 5 | |||
Yarim final | 2-1 | Janubiy Koreya | |||
Final | 0-2 | Shimoliy Koreya | |||
2002-yilgi Osiyo oʻyinlari | Asosiy davra | 0-1 | Shimoliy Koreya | ||
3-0 | Vyetnam | ||||
1-0 | Janubiy Koreya | ||||
2-2 | Xitoy | ||||
2-0 | Xitoy Taypeyi | 3 / 6 | |||
2003-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 15-0 | Filippin | ||
7-0 | Guam | ||||
7-0 | Myanma | ||||
5-0 | Xitoy Taypeyi | 1 / 5 | |||
Yarim final | 0-3 | Shimoliy Koreya | |||
3-oʻrin | 0-1 | Janubiy Koreya | |||
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 6-0 | Argentina | ||
0-3 | Germaniya | ||||
1-3 | Kanada | 3 / 4 | |||
2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari | Guruh bosqichi | 1-0 | Shvetsiya | ||
0-1 | 3 / 3 | ||||
Chorak final | 1-2 | AQSh | Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan | ||
2005-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo chempionati | Asosiy davra | 0-1 | Shimoliy Koreya | ||
0-0 | Xitoy | ||||
0-0 | Janubiy Koreya | 3 / 4 | Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan | ||
2006-yilgi Osiyo oʻyinlari | Guruh bosqichi | 13-0 | Iordaniya | ||
4-0 | Tailand | ||||
1-0 | Xitoy | 1 / 4 | |||
Yarim final | 3-1 | Janubiy Koreya | |||
Final | 0-0 (PSO: 2-4) | Janubiy Koreya | |||
2006-yilgi Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 5-0 | Vyetnam | ||
11-1 | Xitoy Taypeyi | ||||
1-0 | Xitoy | 1 / 4 | |||
Yarim final | 0-2 | Avstraliya | |||
3-oʻrin | 2-3 | Shimoliy Koreya | |||
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 2-2 | Angliya | ||
1-0 | Argentina | ||||
0-2 | Germaniya | 3 / 4 | |||
2008-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo chempionati | Asosiy davra | 3-2 | Shimoliy Koreya | ||
2-0 | Janubiy Koreya | ||||
3-0 | Xitoy | 1 / 4 | |||
2008-yilgi Osiyo kubogi | Guruh bosqichi | 1-3 | Janubiy Koreya | ||
11-0 | Xitoy Taypeyi | ||||
3-1 | Avstraliya | 1 / 4 | |||
Yarim final | 1-3 | Xitoy | |||
3-oʻrin | 3-0 | Avstraliya | |||
2008-yilgi Yozgi Olimpiada saralash oʻyinlari | Final round | 2-0 | Vyetnam | ||
4-0 | Tailand | ||||
6-1 | Janubiy Koreya | 1 / 4 | |||
2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari | Guruh bosqichi | 2-2 | Yangi Zelandiya | ||
0-1 | AQSh | ||||
5-1 | Norvegiya | 3 / 4 | |||
Chorak final | 2-0 | Xitoy | |||
Yarim final | 2-4 | AQSh | |||
3-oʻrin | 0-2 | Germaniya | |||
2010-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo chempionati | Guruh bosqichi | 2-0 | Yangi Zelandiya | ||
3-0 | Xitoy Taypeyi | ||||
2-1 | Janubiy Koreya | 1 / 4 | |||
2010-yilgi Osiyo kubogi | Guruh bosqichi | 8-0 | Myanma | ||
4-0 | Tailand | ||||
2-1 | Shimoliy Koreya | 1 / 4 | |||
Yarim final | 0-1 | Avstraliya | |||
3-oʻrin | 2-0 | Xitoy | |||
2010-yilgi Osiyo oʻyinlari | Guruh bosqichi | 4-0 | Tailand | ||
0-0 | Shimoliy Koreya | 1 / 3 | |||
Yarim final | 1-0 | Xitoy | |||
Final | 1-0 | Shimoliy Koreya | |||
2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 2-1 | Yangi Zelandiya | ||
4-0 | Meksika | ||||
0-2 | Angliya | 2 / 4 | |||
Chorak final | 1-0 | Germaniya | |||
Yarim final | 3-1 | Shvetsiya | |||
Final | 2-2 (PSO: 3-1) | AQSh | Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan | ||
2012-yilgi Yozgi Olimpiada saralash oʻyinlari | Final round | 3-0 | Tailand | ||
2-1 | Janubiy Koreya | ||||
1-0 | Avstraliya | ||||
1-1 | Shimoliy Koreya | ||||
1-0 | Xitoy | ||||
2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari | Guruh bosqichi | 2-1 | Kanada | ||
0-0 | Shvetsiya | ||||
0-0 | Janubiy Afrika | 2 / 4 | |||
Chorak final | 2-0 | Braziliyaiya | |||
Yarim final | 2-1 | Fransiya | |||
Finals | 1-2 | AQSh | |||
2013 EAFF E-1 ayollar chempionati | Final round | 2-0 | Xitoy | ||
0-0 | Shimoliy Koreya | ||||
1-2 | Janubiy Koreya | ||||
2014-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi | Guruh bosqichi | 2-2 | Avstraliya | ||
4-0 | Vyetnam | ||||
7-0 | Iordaniya | 1 / 4 | |||
Yarim final | 2-1 | Xitoy PR | |||
Final | 1-0 | Avstraliya | Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan | ||
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 1-0 | Shveysariya | ||
2-1 | Kamerun | ||||
1-0 | Ekvador | 1 / 4 | |||
Nimchorak final (1/16) | 2-1 | Niderlandiya | |||
Chorak final | 1-0 | Avstraliya | |||
Yarim final | 2-1 | Angliya | |||
Final | 2-5 | AQSh | |||
2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi | Guruh bosqichi | 4-0 | Vyetnam | ||
0-0 | Janubiy Koreya | ||||
1-1 | Avstraliya | 2 / 4 | |||
Yarim final | 3-1 | Xitoy | |||
Final | 1-0 | Avstraliya | Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan | ||
2018-yilgi Osiyo oʻyinlari | Guruh bosqichi | 2-0 | Tailand | ||
7-0 | Vyetnam | 1 / 3 | |||
Chorak final | 2-1 | Shimoliy Koreya | |||
Yarim final | 2-1 | Janubiy Koreya | |||
Final | 1-0 | Xitoy | |||
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 0-0 | Argentina | ||
2-1 | Shotlandiya | ||||
0-2 | Angliya | 2 / 4 | |||
Nimchorak final (1/16) | 1-2 | Niderlandiya | |||
2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari | Guruh bosqichi | 1–1 | Kanada | ||
0–1 | Buyuk Britaniya | ||||
1–0 | Chili | 3 / 4 | |||
Chorak final | 1–3 | Shvetsiya | |||
2022-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi | Guruh bosqichi | 5–0 | Myanma | ||
3–0 | Vyetnam | ||||
1–1 | Janubiy Koreya | 1 / 4 | |||
Chorak final | 7–0 | Tailand | |||
Yarim final | 2–2 (PSO: 3-4) | Xitoy | |||
2022-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati | Yakuniy pley-off o`yinlari | 2-1 | Janubiy Koreya | ||
4-1 | Xitoy Taypeyi | ||||
0-0 | Xitoy | 1 / 4 |
|
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha vaqtlar natijasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jadvalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2021-yil 1-yanvar holatidagi xalqaro oʻyinlardagi umumiy natijasi koʻrsatilgan.
Jami | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
---|---|---|---|---|---|---|
266 | 144 | 43 | 78 | 551 | 307 |
- Manba: Worldfootball.net sayti
Konfederatsiyalar kesimida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 27-iyul holatiga koʻra:
Osiyo, Afrika, Shimoliy va Markaziy Amerika | ||||
---|---|---|---|---|
AFC[15] | ||||
Milliy terma jamoa | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat |
Janubiy Koreya | 32 | 17 | 11 | 4 |
Shimoliy Koreya | 24 | 7 | 5 | 12 |
Xitoy | 42 | 17 | 8 | 17 |
Xitoy Taypeyi | 23 | 16 | 1 | 6 |
Tailand | 14 | 13 | 0 | 1 |
Vyetnam | 13 | 13 | 0 | 0 |
Filippin | 4 | 4 | 0 | 0 |
Avstraliya | 27 | 11 | 8 | 8 |
Gonkong | 8 | 8 | 0 | 0 |
Indoneziya | 2 | 2 | 0 | 0 |
Hindiston | 4 | 3 | 0 | 1 |
Malayziya | 2 | 2 | 0 | 0 |
Nepal | 2 | 2 | 0 | 0 |
Singapur | 2 | 2 | 0 | 0 |
Oʻzbekiston | 2 | 2 | 0 | 0 |
Guam | 3 | 3 | 0 | 0 |
Myanma | 3 | 3 | 0 | 0 |
Iordaniya | 4 | 4 | 0 | 0 |
Jami | 206 | 126 | 31 | 49 |
CAF | ||||
Milliy terma jamoa | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat |
Nigeriya | 3 | 2 | 0 | 1 |
Janubiy Afrika | 2 | 1 | 1 | 0 |
Gana | 2 | 2 | 0 | 0 |
Kamerun | 1 | 1 | 0 | 0 |
Jami | 8 | 6 | 1 | 1 |
CONCACAF | ||||
Milliy terma jamoa | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat |
AQSh | 37 | 1 | 8 | 28 |
Kanada | 15 | 7 | 4 | 4 |
Meksika | 8 | 6 | 1 | 1 |
Kosta Rika | 1 | 1 | 0 | 0 |
Panama | 1 | 1 | 0 | 0 |
Jami | 62 | 16 | 13 | 33 |
Janubiy Amerika, Okeaniya va Yevropa | ||||
---|---|---|---|---|
CONMEBOL | ||||
Milliy terma jamoa | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat |
Braziliya | 10 | 5 | 2 | 3 |
Argentina | 5 | 4 | 1 | 0 |
Kolumbiya | 1 | 1 | 0 | 0 |
Chili | 2 | 1 | 1 | 0 |
Ekvador | 1 | 1 | 0 | 0 |
Paragvay | 1 | 1 | 0 | 0 |
Jami | 20 | 13 | 4 | 3 |
OFC[15] | ||||
Milliy terma jamoa | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat |
Yangi Zelandiya | 9 | 7 | 2 | 0 |
Jami | 9 | 7 | 2 | 0 |
UEFA | ||||
Milliy terma jamoa | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat |
Italiya | 8 | 1 | 0 | 7 |
Germaniya | 14 | 1 | 2 | 11 |
Fransiya | 8 | 3 | 0 | 5 |
Shvetsiya | 13 | 5 | 3 | 6 |
Rossiya | 6 | 4 | 0 | 2 |
Angliya | 8 | 1 | 2 | 5 |
Norvegiya | 9 | 6 | 0 | 3 |
Chexiya[16] | 1 | 0 | 0 | 1 |
Slovakiya | 1 | 1 | 0 | 0 |
Finlandiya | 3 | 2 | 0 | 1 |
Buyuk Britaniya | 1 | 0 | 0 | 1 |
Vengriya | 1 | 1 | 0 | 0 |
Avstriya | 1 | 1 | 0 | 0 |
Daniya | 8 | 5 | 1 | 2 |
Niderlandiya | 9 | 4 | 1 | 4 |
Shotlandiya | 3 | 3 | 0 | 0 |
Portugaliya | 1 | 1 | 0 | 0 |
Islandiya | 4 | 3 | 0 | 1 |
Shveysariya | 2 | 2 | 0 | 0 |
Ispaniya | 3 | 0 | 1 | 2 |
Belgiya | 1 | 0 | 1 | 0 |
Serbiya | 1 | 1 | 0 | 0 |
Jami | 111 | 47 | 13 | 51 |
Umumiy | 414 | 213 | 64 | 135 |
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 8-yanvar holatiga ko`ra[17]
Lavozim | Ismi |
---|---|
Bosh murabbiy | Futoshi Ikeda |
Yordamchi murabbiy | Tomomi Miyamoto |
Yordamchi murabbiy | Michihisa Kano |
Darvozabonlar murabbiyi | Toshixiro Nishiiri |
Fitnes murabbiyi | Keisuke Otsuka |
Bosh murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismi | Murabbiylik yillari | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Gʻalaba koeffisienti
% |
Man. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Seiki Ichihara (市原 聖曠) | 1981 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Takao Orii (折井 孝男) | 1984 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Ryohei Suzuki (鈴木 良平) | 1986-1989 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Satoshi Miyauchi (宮内 聡) | 1997-1999 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Shinobu Ikeda (池田 司信) | 2000-2001 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Eiji Ueda (上田 栄治) | 2002-2004 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Hiroshi Ohashi (大橋 浩司) | 2004-2008 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Norio Sasaki (佐々木 則夫) | 2008-2016 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Asako Takakura (高倉 麻子) | 2016-2021 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | [18] |
Futoshi Ikeda (池田 太) | 2021-hozirga qadar | 9 | 5 | 3 | 1 | 55.56% |
Oʻyinchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning 6 va 10-oktyabr kunlari Nigeriya va Yangi Zelandiya ayollar milliy terma jamoalariga qarshi boʻlib oʻtadiganoʻrtoqlik oʻyinlari uchun quyidagi futbolchilar Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga kiritilgan[19]. Gollar va oʻtkazilgan oʻyinlar statistikasi 2021-yil 27-iyul holatiga koʻra berilgan.
Jamoa kapitani[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]Mintaqaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boshqa turnirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]Chempion 2-oʻrin 3-oʻrin 4-oʻrin FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya ayollar terma jamoasining oʻyinlar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozgi Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi oʻyin tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
EAFF E-1 futbol chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining EAFF E-1 futbol chempionatidagi oʻyin tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Algarve kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]Algarve kubogi Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan oʻtkaziladigan ayollar futbol assotsiatsiyasi terma jamoalari uchun xalqaro turnirdir. 1994-yildan beri har-yili Portugaliyaning Algarve shahrida oʻtkazib kelinayotgan bu musobaqa ayollar oʻrtasidagi eng nufuzli va eng uzoq davom etgan xalqaro futbol tadbirlaridan biri boʻlib, „Kichik FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati“ nomini olgan[20].
Kipr ayollar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]SheBelieves kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]SheBelieves kubogi — bu AQShda ayollar futboli boʻyicha milliy terma jamoalar uchun xalqaro saralash turniridir.
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining SheBelieves kubogidagi oʻyin tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Millatlar turniri[tahrir | manbasini tahrirlash]Millatlar turniri Amerika Qoʻshma Shtatlari Futbol Federatsiyasi (USSF) tomonidan Amerikaning bir qancha shaharlarida Jahon chempionati va Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilmaydigan-yillarda oʻtkaziladigan ayollar futboli boʻyicha milliy terma jamoalar uchun xalqaro turnir[22]. Dastlabki Millatlar turniri 2017-yilda oʻtkazilgan. 2021-yilgi Millatlar turniri Tokio Olimpiadasining vaqti oʻzgartirilganligi sababli Olimpiyada boshlanishidan oldin boʻlishiga toʻgʻri kelib qoldi[23]. Biroq, 2021-yil 6-may kuni USSF Millatlar turnirini boshqa oʻtkazmasligini eʼlon qildi.[24].
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Millatlar turniridagi oʻyin tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
- 29-sentyabrda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- 17-martda tugʻilganlar
- 2000-yilda tugʻilganlar
- 31-dekabrda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- 15-iyunda tugʻilganlar
- 7-dekabrda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- 17-oktyabrda tugʻilganlar
- 1990-yilda tugʻilganlar
- 13-oktyabrda tugʻilganlar
- 24-fevralda tugʻilganlar
- 19-fevralda tugʻilganlar
- 27-dekabrda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- 8-avgustda tugʻilganlar
- 28-noyabrda tugʻilganlar
- 3-martda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- 9-martda tugʻilganlar
- 24-mayda tugʻilganlar
- 31-yanvarda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- 19-mayda tugʻilganlar
- 25-noyabrda tugʻilganlar
- 27-yanvarda tugʻilganlar
- 2004-yilda tugʻilganlar
- 2005-yilda tugʻilganlar
- 30-iyulda tugʻilganlar
- 28-aprelda tugʻilganlar
- 15-yanvarda tugʻilganlar
- 9-mayda tugʻilganlar
- Osiyo ayollar milliy futbol assotsiatsiyasi jamoalari
- Yaponiya