Kontent qismiga oʻtish

Xorioidea

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
XorioideaXorioidea
lotincha: choroidea
Arteriya Uzun va kalta orqa siliar arteriyalar
Kataloglar
  • A09.371.894.223
  • D002829
  • 58298
  • A15.2.03.002
Xorioidea

Xorioidea, shuningdek, xoroidea yoki xoroid deb ham ataladi, koʻzning tomir qatlami hisoblangan tomirli pardaning bir qismidir. U biriktiruvchi toʻqimadan tashki topgan va koʻzning toʻr pardasi va sklera oʻrtasida joylashgan. Inson xoroidi koʻzning eng orqa orqa qismida eng qalin boʻlib (0,2 mm), chekka qismarda esa 0,1mm gacha torayadi[1]. Xoroid toʻr pardaning tashqi qatlamlarini kislorod va ozuqa moddalar bilan taʼminlaydi. Kipriksimon tanasi va kamalak parda bilan birga, xoroid tomirli pardani hosil qiladi.

Xoroidning tuzilishi odatda toʻrt qatlamga boʻlinadi (toʻr parda tomonga qarab sanab boriladi):

  • Haller qatlami – kattaroq diametrli qon tomirlaridan tashkil topgan xoroidning eng tashqi qatlami[1];
  • Sattler qatlami – oʻrta diametrli qon tomirlari qatlami[1];
  • Xoroidning kapillyar qatlami – kapillyarlar qatlami[1] va
  • Bruch membranasi (sinonimlari: Lamina bazalis, Complexus bazalis, Lamina vitra) – xoroidning eng ichki qatlami[1].

Qon taʼminoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odamlarda koʻzning koʻz arteriyasining tarmogʻi boʻlgan orqa siliar arteriyalardan boshlanuvchi ikki xil qon taʼminoti mavjud: retinal (toʻr pardada) va uveal (tomirli pardada)[2]. Tomirli parda va toʻr pardaning tashqi va oʻrta qatlamlarini taʼminlovchi uveal qon aylanishining arteriyalari koʻz arteriyasining tarmoqlari boʻlib, koʻrish nervi bilan birgalikda yoʻnalmasdan koʻz olmasiga kiradi. Boshqa tomondan, retinal qon aylanishi oʻz aylanishini markaziy retinal arteriyadan, shuningdek, koʻz arteriyasining bir tarmogʻidan oladi, lekin koʻruv nervi bilan birgalikda yoʻnaladi[3]. Ular anastomozlar hosil qilib tugamasdan, soʻnggi arteriolalarga segmentar taqsimlanadi. Bu xoroidal qon taʼminotiga taʼsir qiluvchi kasalliklarda klinik ahamiyatga ega. Markaziy koʻrish uchun mas’ul boʻlgan koʻruv dogʻi va koʻruv nervining old qismining qon bilan taʼminlanishi xoroidal qon taʼminotiga bogʻliq[4]. Xoroid tomirlarining tuzilishi optik kogerent tomografiya bilan, qon oqimi esa Indosianin yashil angiyografiyasi va Lazerli Doppler tasviri orqali aniqlanishi mumkin[5].

Xoroidal qon oqimi ICG-angiografiya (Spectralis, Heidelberg) va lazerli Doppler tasviri bilan aniqlangan[6].

Suyakli baliqlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleostlarda xoroid bezi deb ataladigan koʻruv nerviga tutashgan kapillyar toʻplami mavjud. Uning vazifasi nomaʼlum boʻlsa-da, u qoʻshimcha kislorod tashuvchisi ekanligi haqida fikrlar mavjud[7].

Toʻq rangli pigment boʻlgan melanin xoroidga koʻz ichidagi nazoratsiz aks ettirishni cheklashga yordam berish orqali chalkash tasvirlarni idrok etishning oldini olib turadi.

Odamlarda va boshqa koʻpchilik primatlarda melanin butun xoroid boʻylab uchraydi. Albinoz odamlarda melanin pigmenti boʻlmaydi va ularda koʻrish qobiliyati past boʻladi. Biroq, koʻplab hayvonlarda melaninning qisman boʻlmasligi tungi koʻrishning yaxshilanishiga yordam beradi. Bu hayvonlarda xoroidning bir qismida melanin yoʻq va bu qismda yuqori darajada yorugʻlik oʻtkazuvchi toʻqimalar qatlami – tapetum lucidum yorugʻlikni boshqariladigan tarzda oʻtkazishga yordam beradi. Qorongʻi xoroidda yorugʻlikning nazoratsiz aks etishi fotosuratlarda qizil koʻz effektini keltirib chiqaradi, tapetum lucidumdan yorugʻlikning boshqarilmasdan oʻtishi esa koʻz porlashini keltirib chiqaradi (qarang: Tapetum lucidum).

Xoroidni birinchi marta miloddan avvalgi 400-yillarda (taxminan miloddan avvalgi 460-370 yillar) Demokrit tasvirlab bergan va uni „chitoon malista somphos“ (koʻproq soʻrib oluvchi qavat [ skleradan koʻra]) deb atagan[8]. Demokrit xoroidni hayvonlarning kesilgan koʻzlaridan koʻrgan boʻlishi mumkin[9].

Demokritdan taxminan 100 yil oʻtgach (miloddan avvalgi 335 – 280 yillar), Gerofilos ham jasadlarning koʻzlarida kesilgan xoroidni tasvirlab berdi[10][11].

Klinik ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoroid qon tomir taʼminoti bilan yaxshi taʼminlangani tufayli koʻzda metastazlarning eng koʻp uchraydigan joyidir. Metastazlarning manbayi odatda koʻkrak bezi saratoni, oʻpka saratoni, oshqozon-ichak saratoni va buyrak saratoni hisoblanadi. Ikki tomonlama xoroid metastazlari odatda koʻkrak bezi saratoni bilan bogʻliq, bir tomonlama metastazlar esa oʻpka saratonining tarqalishidan kelib chiqadi. Xoroid metastazlari xoroidning oʻzidan kelib chiqadigan asosiy oʻsimta boʻlgan uveal melanomadan farqlanishi lozim[12].

Qoʻshimcha rasmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 MRCOphth Sacs questions
  2. The Ocular Circulation
  3. "Sensory Reception: Human Vision: Structure and function of the Human Eye" vol. 27, p. 174 Encyclopædia Britannica, 1987
  4. Hayreh, SS. (November 1975). "Segmental nature of the choroidal vasculature". Br J Ophthalmol 59 (11): 631–648. doi:10.1136/bjo.59.11.631. PMID 812547. PMC 1017426. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1017426. 
  5. Puyo, Léo, Michel Paques, Mathias Fink, José-Alain Sahel, and Michael Atlan. „Choroidal vasculature imaging with laser Doppler holography.“ Biomedical optics express 10, no. 2 (2019): 995–1012.
  6. Léo Puyo, Michel Paques, and Michael Atlan, "Spatio-temporal filtering in laser Doppler holography for retinal blood flow imaging, „ Biomed. Opt. Express 11, 3274–3287 (2020)
  7. “Eye (Vertebrate)" McGraw-Hill Encyclopedia of Science and Technology, vol. 6, 2007.
  8. Dolz-Marco, R., Gallego-Pinazo, R., Dansingani, K. K., & Yannuzzi, L. A. (2017). The history of the choroid. In J. Chhablani & J. Ruiz-Medrano (Eds.), Choroidal Disorders (Vol. 1–5, pp. 1–5). Academic Press. Template loop detected: Andoza:Doi
    This citation will be automatically completed in the next few minutes. You can jump the queue or expand by handXorioidea]]
  9. Rudolph, Kelli (2012). "Democritus' Ophthalmology" (en). The Classical Quarterly 62 (2): 496–501. doi:10.1017/S0009838812000109. ISSN 0009-8388. https://www.cambridge.org/core/journals/classical-quarterly/article/abs/democritus-ophthalmology/75F141868614774250E11F39DB7C5072. 
  10. Staden, Heinrich von. Herophilus: The Art of Medicine in Early Alexandria: Edition, Translation and Essays (en). Cambridge University Press, 1989. ISBN 978-0-521-23646-1. 
  11. Reverón, R. (2015). Herophilos, the great anatomist of antiquity. Anatomy, 9(2), 108–111. Template loop detected: Andoza:Doi
    This citation will be automatically completed in the next few minutes. You can jump the queue or expand by handXorioidea]] https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/371071
  12. "Choroidal metastases: origin, features, and therapy". Indian Journal of Ophthalmology 63 (2): 122–127. February 2015. doi:10.4103/0301-4738.154380. PMID 25827542. PMC 4399120. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4399120.