Kontent qismiga oʻtish

Timor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Timor
Geografiya
Maydoni 30 777 km2
Dengiz sathidan balandligi 2963[1] m.
Eng baland nuqtasi Tatamailau[1]
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya va Sharqiy Timor
Demografiya
Aholisi 3 368 735[2][3]
Qo'shimcha ma'lumot

TimorMalay arxipelagidagi Kichik Zond orollari guruhiga mansub eng katta orol. Maydoni 34 ming km². Relyefi, asosan, togʻli, eng baland joyi 2963 m. Balchiqli vulqonlar bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli. Sohilida harorat yil davomida 25—27°. Yillik yogʻin 1500 mm. Savanna va tropik oʻrmonlar bor. Qahva, kokos palmalari, kauchukli daraxtlar oʻstiriladi. Sholi, makkajoʻxori ekiladi.

T. siyosiy jihatdan 2 qism: (Sharqiy Timor (Timor Lorosaye) va Gʻarbiy Timorga (Indoneziyaning Sharqiy Nusa Tengera provinsiyasi tarkibida) boʻlinadi. T.ni 1520-yilda portugallar egallagan. 1613-yildan uning sharqiy qismi gollandlar qoʻl osti ga oʻtdi. 1812—15 yillarda T.da inglizlar hukmronlik qilgan. 1860 va 1893-yillardagi shartnomalarga asosan, Sharqiy T. (Portugaliya) va Gʻarbiy T. (Niderlandiya) oʻrtasidagi chegara uzil-kesil oʻrnatilgan. 1945-yilda Gʻarbiy T. Indoneziya tarkibiga kirdi. 1975-yilda Indoneziya Sharqiy T.ni ham egalladi va 1976-yildan Indoneziyaning 27 provinsiyasi maqomini oldi. Chorak asr davom etgan ozodlik uchun kurashdan soʻng 2002-yil Sharqiy T. mustaqillikka erishdi (qarang Sharqiy Timor).




  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)