Studiya
Qiyofa
Studiya (italyancha: studio — oʻqish, oʻrganish) —
- Rassom yoki haykaltarosh ustaxonasi;
- Rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan maktab;
- Ijodiy faoliyat bilan bir qatorda sahna (yoki tasviriy) sanʼati asoslarini oʻrganadigan, asosan, yoshlardan tashkil topgan teatr (yoki rassomlar) jamoasi. Studiyaning professional va havaskorlik turlari bor;
- Badiiy va boshqa filmlar yaratuvchi ijodiy va texnik kino xodimlari jamoasi;
- Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladigan maxsus bino (radiostudiya, telestudiya);
- Ovoz yozish xonasi. Musiqiy asarlar ijrolarini elektr (magnitofon kabi) va elektron (sintezator va boshqalar) vositalar yordamida yozib olib fonogramma tayyorlaydigan maxsus joy (masalan, „Tarona rekorde“ studiyasi va boshqalar).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |