Kontent qismiga oʻtish

Seni bugun koʻrmasam boʻlmas

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“
Oxunjon Madaliyev qoʻshigʻi
Davomiyligi 4:52
Matn muallif(lar)i Iqbol Mirzo
Klipi
„Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“ YouTubeda

Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“ („Koʻrmasam boʻlmas“ deb ham nomlanadi)  — oʻzbek xonandasi Oxunjon Madaliyev ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq matnini Iqbol Mirzo yozgan, unga Madaliyevning oʻzi kuy bastalagan[1][2]. „Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“ Madaliyev repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir[3].

Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Madaliyevning oʻgʻli Qilichbek Madaliyev kaver qilgan. Kenja Madaliyev ijrosidagi versiya uchun 2015-yil klip suratga olingan.

Qoʻshiq uchun xonanda Sevinch Moʻminova ishtirokida klip suratga olingan. Klip YouTube platformasiga 2017-yilda yuklanganidan keyin 5 yil ichida 11 million martadan koʻp koʻrilgan[4].

Originali

Gʻamgin yurak, gʻamgusor yurak —
Bechorani xoʻrlasang boʻlmas.
Seni bugun koʻrishim kerak,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qoʻygaymi omon?!
Tushun, seni sogʻindim yomon,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga,
Nima boʻlsa, boʻlar ertaga,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.

Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun?
Men ertaga yashashim uchun —
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.

Qoʻshiqdagi versiya

Gʻamgin yurak, gʻamgusor yurak —
Bechorani xoʻrlasang boʻlmas.
Gʻamgin yurak, gʻamgusor yurak —
Bechorani xoʻrlasang boʻlmas.
Seni bugun koʻrishim kerak,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Seni bugun koʻrishim kerak,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qoʻygaymi omon?!
Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qoʻygaymi omon?!
Tushun, seni sogʻindim yomon,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Tushun, seni sogʻindim yomon,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga,
Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga,
Nima boʻlsa, boʻlar ertaga,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Nima boʻlsa, boʻlar ertaga,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.

Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun?
Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun?
Men ertaga yashashim uchun —
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Men ertaga yashashim uchun —
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.

  1. „Қиличбек Мадалиевдан тез кунда яна янги тарона: “Сени бугун кўрмасам бўлмас”“. Darakchi (6-aprel 2015-yil). Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
  2. Mirzo, Iqbol. Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Toshkent: Istiqlol, 2005 — 2-bet. Qaraldi: 8-iyul 2022-yil. 
  3. Eshmirzayeva, Mohichehra „Охунжон Мадалиевнинг биз билмаган олами“. Kun (4 may 2016-yil). Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
  4. „Oxunjon Madaliyev - Koʻrmasam boʻlmas“. YouTube (10-fevral 2017-yil). Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 28-iyul, 2022-yil(2022-07-28) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.