Kontent qismiga oʻtish

Portal:BMT

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
«BMT» Portaliga Xush kelibsiz!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro qonunchilikni ijro etishga masʼul xalqaro tashkilotdir. Mazkur faoliyat Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimini tashkil etuvchi 30 dan ortiq tashkilotning hamkorlikdagi sa`y-harakatlari natijasi o`laroq amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish, turli xavfli kasalliklarga qarshi kurashish, taraqqiyotni barqaror etishga yordamlashish va qashshoqlikka qarshi kurashish borasida kundan kun faolroq ish olib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti muassasalari havo va dengiz orqali xavfsiz va samarali aloqalarni yo`lga qo`yish norma va qoidalarini ishlab chiqadi, tetelekommunikatsiyalarni takomillashtirish va talabgorlar hojatini qondirisha ko`maklashadi, intellektual mulk huquqiga hurmat-e`tibor bilan yondoshish va radioto`lqinlarni tarqatishni tartibga solishga yordamlashadi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi va terrorizmga qarshi kurash xalqaro kompaniyasining ham tashabbuskoridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari dunyoning barcha mintaqalarida faoliyat ko`rsatib qochoqlarga yordam qo`lini cho`zadi va Minalardan tozalash dasto’rini amalga oshiradi, ichimlik suvlarining sifatini yaxshilashga yordamlashadi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi, rivojlanayotgan mamlakatlarga qarz beradi va moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirishga ko`maklashadi.