Levi Strauss & Co.
Turi | biznes, doʻkonlar tarmogʻi, koʻchmas mulk kompaniyasi, korxona va ommaviy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | kiyim-kechaklar ishlab chiqarish |
Qachon asos solingan | 1853-yil 1-may |
Hududiy xizmati | dunyo miqyosida |
Asoschi(lari) | Levi Strauss |
Rahbariyat |
Chip Bergh Harmit Singh Stephen Neal (rais) |
Mahsulot(lar)i | jinsi kiyim-kechaklar |
Brendlari | Leviʼs, Dockers, Denizen, Signature by Levi Strauss & Co. |
Aylanma daromadi | $5.764 milliard (2021) |
Operatsion foydasi | $686 million (2021) |
Ishchilar soni | 15,100 (2018) |
Vebsayti | www.levistrauss.com |
Levi Strauss & Co. – Amerikaning kiyim-kechak (birinchi navbatda jinsi) va poyabzal ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniyalaridan biri. Kompaniya shtab-kvartirasi San Franciscoda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniya 1853-yilda AQShning San-Francisco shahrida Levi Strauss tomonidan tashkil etilgan.
1849-yilda Kaliforniyada oltin qazib olish ishlari boshlangan. 1853-yilda Levi Strauss quruq mahsulotlarni kemada San-Fransciscoga olib kelgan. Kema portga kirgunga qadar barcha tovarlar sotilgan, ulardan faqatgina tuval sotilmay qolgan. Strauss tikuvchiga ushbu matodan shim tikishni buyurtma qilgan va mahsulotlar bir zumda sotilgan. Shunda Strauss bandargohda turgan 700 ta kemaning yelkanlarini sotib olgan, chunki ularning ekipajlari kemalarni tashlab, oltin izlashga ketgan edi.
Levi Strauss 1902-yil 26-sentabrda vafot etgan. Levi Strauss & Co. kompaniyasi esa uning jiyanlari nomiga oʻtgan.
Zamonaviy koʻrinishdagi jinsi shimlar XX asrning 20-yillarida ishlab chiqarila boshlangan.
Keyinchalik, Levi Strauss & Co. yaxshi obroʻga ega yirik kompaniyaga aylangan.
1990-yillarda kompaniya denim bozoridagi ulushining yarmidan koʻpini yoʻqotgan. Levi Strauss & Co. klassik tor jinsi shimlar ishlab chiqarishni davom ettirgan, ammo oʻsha vaqtda keng shim kiyish yoshlar orasida moda tusiga kirgan. 1996-yildan 1999-yilga qadar kompaniya savdosi 28% ga kamaygan.
Kompaniya boshqaruvi va boshqaruvchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Levi Strauss & Co. kompaniyasining egalari Levi Straussning merosxoʻrlari hisoblanishadi[1].
Kompaniyaning direktorlar kengashi raisi – Richard L. Kauffman, prezident va bosh direktor – John Anderson.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Levi Strauss & Co. dunyoning turli mintaqalarida joylashgan 3 ta boʻlinmalarda oʻz faoliyatini olib boradi. Ular:
- Levi Strauss, Shimoliy Amerika (LSNA), kompaniyaning bosh qarorgohi San-Franciscoda joylashgan.
- Levi Strauss Europe (LSE) Brusselda joylashgan.
- Asia Pacific Divicion (APD) Singapurda joylashgan.
Savdo markalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Levi Strauss & Co. kompaniyasi oʻz mahsulotlarini uchta asosiy brend ostida ishlab chiqaradi. Ular:
- Levi’s – 1873-yilda yaratilgan asosiy brend.
- Dockers – 1986-yilda tashkil etilgan. 2004-yilga kelib kompaniya brendni sotishga harakat qilgan.
- Levi Strauss Signature – 2003-yilda Wal-Mart, Kmart va Target yirik chakana savdo tarmoqlarida sotish uchun yaratilgan brend.
- Levi’s XX – Levi Straussning Levi’s Vintage Clothing va Made and Crafted premium boʻlimi. Gollandiyaning Amsterdam shahrida joylashgan.
Faoliyat koʻrsatkichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilda kompaniya xodimlarining soni qariyb 17 000 kishini tashkil etgan (1,01 ming ishchi xodim – San-Fransiscodagi bosh ofisida faoliyat yuritgan)[1].
Kompaniyaning oʻzi tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Levi Straussning 2008-yilgi daromadi 4,4 milliard dollarni (2007-yilga nisbatan 1% ga oʻsgan), operatsion foydasi 525 million dollarni (2007-yilga nisbatan 18% ga kamaygan), sof foydasi esa 229 million dollarni tashkil qilgan (50% ga kamaygan)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Levi Strauss & Co. - Company“. 2006-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-yanvar.
- ↑ „Levi Strauss & Co. 2008 Annual Report“. 2009-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-yanvar.