Kontent qismiga oʻtish

Ket (mifologiyasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ket (qadimgi yunoncha: κῆτος, „dengiz maxluqi“ degan maʼnoni anglatadi) yoki Tset (lotincha: cetus) ― qadimgi yunon va rim mifologiyasida yirik baliq, kit, akula yoki umuman olganda dengiz maxluqidir[1]. Mifologiyaga koʻra, Persey Andromedani qurbon qilishdan qutqarish uchun Ketni oʻldirgan. Boshqa versiyada Gerakl Gesionani saqlab qolish uchun Ketni oʻldiradi. Sutemizuvchilar turkumining nomi Ketdan kelib chiqqan[2]. Qadimgi yunon sanʼatida „ketlar“ ilonga oʻxshash baliq sifatida tasvirlangan[3]. Qadimgi yunon maʼbudasi Ketoning nomi ham kitos (qadimgi yunoncha: κῆτος) dan kelib chiqqan. Ket oʻz nomini Kit yulduz turkumiga bergan[4][5].

Qirolicha Kassiopiya oʻzi va uning qizi Andromeda Nereidalardan koʻra goʻzalroq ekanligi bilan maqtanadi, ular qadimgi yunon dengiz xudosi Poseydonga shikoyat qiladilar va uni gʻazablantiradilar, jazo sifatida Efiopiyaga hujum qilish uchun u dengiz maxluqi Ketni yuboradi (Yevropa asarlarida, asosan lotinlashtirilgan shaklda — Tset)[6]. Dono orakul bilan maslahatlashgandan soʻng, qirol Kefey va qirolicha Kassiopiya Andromedani Ketga qurbon qilishga qaror qilishadi[7]. Dengiz maxluqi uni yutib yuborishi uchun ular Andromedani okean yaqinidagi toshga zanjirband qilishadi. Qoyaga zanjirlangan Andromedani topib, uning ahvolini bilib, Persey oʻljasini yutib yuborish uchun okeandan chiqqanida Ketni oʻldirishga muvaffaq boʻladi. Bir versiyaga koʻra, Persey qilichini Ketning orqa tomoniga sanchgan, boshqasiga koʻra, u dengiz maxluqini toshga aylantirish uchun Gorgona Meduzanining boshidan foydalangan[8][9].

Dengiz maxluqiga (Ket) mingan Nereida (dengiz nimfasi) va Xeruvim tasvirlangan marosim toshlar palitrasi Gandhara

Ket turli xil: dengiz maxluqi yoki dengiz iloni koʻrinishida tasvirlangan. Boshqa versiyalarga koʻra, Ket itning boshi va kit yoki delfinning tanasi, shuningdek, boʻlingan yelpigʻichsimon quyruqli yirtqich hayvon edi[10]. U koʻpincha Persey bilan kurashayotgan yoki Nereida tomonidan boshqariladigan dengiz hayvoni sifatida tasvirlangan[11].

Ibroniycha Injildagi maxluq Tannin yunoncha Septuagintada kitos va lotincha Vulgatada cetus deb tarjima qilingan[12][13].

Tanninim (ivritcha: תַּנִּינִים , „Tannin“ soʻzining koʻpligi Borliq, Chiqish, Qonunlar, Zabur, Ayub, Hizqiyo, Isxayo va Yeremiyo kitoblarida qayd etilgan. Tanninim Muqaddas Kitobda Yaratilishning beshinchi kunida Elohim tomonidan yaratilgan mavjudotlar orasida sanab oʻtilgan[14].

Boshqa madaniyatlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanʼatshunos John Boardman Ketning Markaziy Osiyo tasvirlari Xitoy ajdahosi va hind makara tasvirlariga taʼsir koʻrsatgan deb taxmin qiladi. Uning versiyasiga koʻra, Ipak yoʻlidagi Ket tasvirlari bilan tanishgandan soʻng, xitoyliklar oʻzlarining ajdaholarini sudraluvchiga oʻxshatib koʻproq tasvirlay boshlaganlar va uning bosh shaklini oʻzgartirganlar[15][16].

  1. "ceti" via Latin Word Study Tool
  2. Иез. 29:3, 32:2
  3. Ис. 27:1, 51:9
  4. Sheldon-Williams, I. P., ed. (1981), Johannis Scotti Erivgenae Periphyseon (De Divisione Naturae) Liber Tertius, Scriptores Latini Hiberniae Volume XI, с. 305
  5. Sheldon-Williams, I. P., ed. (1847), The Theory and Practice of Latin Grammar, R. Groombridge & Sons, с. 22
  6. Perseus: Apollodorus 2.4.3 Архивная копия от 15 сентября 2020 на Wayback Machine. Heracles: Гомер Илиада 21.441, Apollodorus 2.5.9 Архивная копия от 19 октября 2019 на Wayback Machine.
  7. Иер. 51:34
  8. Heider (1999), p. 135—136.
  9. «κῆτος» Архивная копия от 19 октября 2019 на Wayback Machine in Liddell, Henry and Robert Scott. 19406. A Greek-English Lexicon. Revised by H.S. Jones and R. McKenzie.. Oxford: Clarendon Press.
  10. Пс. 74:13, 91:13, 148:7, и, возможно, 44:20[10] (согласно Hebrew-English — parallel MT and JPS 1917).
  11. Boardman, John. The Greeks in Asia. Thames and Hudson, 2015. ISBN 0500252130. 
  12. Быт. 1:21
  13. Исх. 7:9 — 10:12
  14. Втор. 32:33
  15. Boardman, John. The Greeks in Asia. Thames and Hudson, 2015. ISBN 0500252130. 
  16. Иов. 7:12