Kelermes qoʻrgʻonlari
Qiyofa
Kelermes qoʻrgʻonlari - qad. mozorqoʻrgʻonlar (mil.av. 6-asr). Adigeya Respublikasi (RF) ning Giagin rayonidagi Kelermes stanitsasi yaqinida joylashgan. NM.Veselovskip tomonidan qisman oʻrganilgan (1903—04). Qoʻrgʻonlar tagidan ustunlarga oʻrnatilgan yogʻoch chayla shaklida usti yopilgan katta qabrlar topilgan. Qurbonlik qilingan otlarning skeleti (har bir qabrda 24 tagacha), ularning hashamatli jabduqlari, dafn aravasining bezaklari, qurol-yarogʻ, tillaqoshlar va qadahlar, kumush riton va koʻzgular chiqqan. K.q. mahalliy meot qabilalari yoxud Old Osiyoga qilingan yurishdan soʻng shu yerda qolgan skiflarning qabila zodagonlariga mansub boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |