Kontent qismiga oʻtish

Gomofoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gomofoniya (gomo... va yun. phone — tovush, ovoz) — musiqada koʻp ovozlilik turi; gomofoniyada bir (odatda yuqoridagi) ovoz yetakchi boʻlib, boshqa ovozlar unga boʻysunadi, joʻr boʻladi. Bu xususiyati bilan gomofoniya barcha ovozlarning teng huqukliligiga asoslanuvchi polifoniyapan farq qiladi. Gomofoniya atamasi asosan kompozitorlik ijodiyotiga nisbatan ishlatilsada, gomofoniyadagi ovozlarning badiiy-ifodaviy nisbatlari (tengsizligi) ogʻzaki anʼanadagi musiqa, jumladan oʻzbek xalq musiqasiga ham xosdir (mas, doira yoki dutor joʻrligida qoʻshiq aytish va hokazo). Kompozitorlar ijodida gomofoniya, avvalo, opera, oratoriya, kantata, joʻrli yakkaxon qoʻshiqda va cholgʻu musiqasida qaror topdi. 17—19-asrlar Gʻarbiy Yevropa musiqasida gomofoniyaning keng tarqalishi garmoniya vositalarining jadal rivoji bilan barobar bordi. 20-asr boshlarida gomofonik musika shakllari oʻz rivojining maʼlum poyoniga yetdi. Oʻzbekistan kompozitorlari (M. Burhonov, S. Yudakov, M. Bafoyev va b.) ham gomofoniya xususiyatlaridan unumli foydalandilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil