Bodibilding
Bodibilding, kulturizm (inglizcha: bodybuilding — tanani qurish) — sport turi; tana mushaklarini gantel, shtanga, tosh kabilar yordamida rivojlantirish, uni chiroyli va baquvvat qilishga qaratilgan mashqlar tizimi. Bunday mashqlarga dastlab Yunoniston va qadimgi Rimda katta eʼtibor berilgan. Misrda gavda muskullari chiroyli, kelishgan odamlargina firʼavn unvoniga munosib boʻlgan. Keyinchalik bu xildagi mashqlar koʻp mamlakatlarga tarqaldi. X asr oxirida Buyuk Britaniyada hozirgi zamon kulturizmi (fransuzcha: culturisme, inglizcha physical culture — gavda madaniyati) asoslari ishlab chiqildi. 1901-yildan erkaklar gavda goʻzalligi xalqaro konkurslari, X asr oʻrtalaridan esa kulturizm boʻyicha har yili jahon chempionatlari oʻtkazila boshlandi. 1946-yil Xalqaro kulturizm (bodibilding) federatsiyasi (IFBB) tashkil qilindi. 170 dan ortiq davlat bu federatsiya aʼzosi.
Oʻzbekistonda bodibilding 1960-yillardan paydo boʻldi va dastlabki musobaqalar uyushtirildi. Ammo 80-yillarga kelib unga burjua sport turi sifatida salbiy baho berila boshlandi va unutib yuborildi. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning barcha turlari qatori bodibildingga ham eʼtibor kuchaydi, bodibilding ishqibozlari koʻpaydi. Bodibilding boʻyicha turli koʻrik va musobaqalar oʻtkazilmoqda. Daniil Plakida, Fuat Gimush, Ruslan Murodasilov, Rustam Fotihov, Gennadiy Blajko, Ibrohim Bekboyev taniqli oʻzbek bodibilderlaridir. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |