Kontent qismiga oʻtish

Jurnalist

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muxbirdan yoʻnaltirildi)

Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shugʻullanish boʻlgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yigʻish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan toʻldiruvchi kishi. Jurnalistlar asosan publitsistik faoliyatga yoʻnalgan boʻlib (kolumnistlar), ular oʻz oldiga maʼlum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, davlat hokimiyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida taʼsir qilish va nashr, radio yoki telekanal taʼsischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat oʻrtasidagi vositachi boʻlishni maqsad qiladi.

Muxbir (arabcha — xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gazeta, jurnal, radio, televideniye tahririyati xodimi (jamoatchi muxbir). [1]


Jurnalist — muxbir, reportyor (axborot-yangiliklar xizmati xodimi) va sharhlovchiga teleoperator, produser va boshqa texnik xodimlari yordam berishi mumkin.

OAV fotograf (suratkashi) reportyor yoki muxbir bilan birgalikda ishlashi yoki mustaqil ravishda oʻz nashri uchun fotoreportajlar tayyorlashi mumkin. Bu jarayonda u fotojurnalistga aylanishi mumkin.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil