Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Kerenskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2018-yil 20-sentyabr, 14:39 dagi PlanespotterA320 (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Kerenskiy Aleksandr Fyodorovich (1881, Simbirsk1970, Nyu-York) — Rossiya davlati arbobi. Muvaqqat hukumat bosh vaziri (1917). Dastlabki tahsilni Toshkentda olgan. Peterburg universiteti yuridik fakultetini tugatgan (1904). K. bilan Turkistondagi taraqqiyparvarlar Mustafo Choʻqay, Ahmad Zakiy Validiy, Hamza oʻrtasida aloqalar boʻlgan. Biroq K. Turkiston mustaqilligiga qarshi edi. 1917 yil 25 oktabr (7 noyabr)da Vladimir Lenin boshchiligidagi bolsheviklar tomonidan qurol kuchi bilan Muvaqqat hukumat agʻdarib tashlangach, K. Petrograddan chiqib ketdi. General P.N.Krasnov bilan birgalikda bolsheviklarga qarshi isyon koʻtardi. 1 (14) noyabrda qizil askarlar isyonni bostirdi. K. yashirin ravishda mamlakatdan chiqib ketdi. 1918 yildan Fransiyada, 1940 yildan umrining oxirigacha AQShda muhojirlikda yashadi. Parijda tuzilgan "Partiyadan tashqari demokratik jamiyat"ning tashkilotchilaridan biri (1920 yil iyul — 1922 yil aprel). Bu jamiyat Rossiyadagi sovet rejimiga qarshi kurashdi. Muhojirlikda xotiralar, tarixiy asarlar ("Kornilov ishi", "Gatchina", "Yiroqsan" va boshqalar) yozdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil