buzoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashbu-zoq
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashBUZOQ 'sigir bolasi’. B u z o h yechilib ketib, ekinga oralabdi. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi ’tu-gʻish’ maʼnosini anglatgan buz otidan -a qoʻshimchasi bilan yasalgan feʼlga -q qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan (ЭСТЯ, II, 241); oʻzbek tilida q undoshi oldidagi a un — lisi â unlisiga almashgan: (buz + a = buza-) + q = buzaq > buzâq. Bu ot asli 'hayvon bolasi’ maʼnosini anglatgan boʻlib, keyinchalik maʼnoda torayish voqe boʻlgan: faqat ’sigir bolasi’ni anglata boshlagan. Mahmud Koshgʻariy-ning lugʻatida shunday maʼnoni anglatuvchi buzagʻu soʻzi keltirilgan; bu ot buza- feʼlidan -gʻu qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, II, 241).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash- Sigirning bolasi.◆ Yaxshi buzoq ikki onani emadi. Maqol.◆ Sigirning sutida buzoqning haqi bor. Maqol. m◆ Podadan adashgan buzoqqa oʻxshab, duch kelgan eshikka boshingni tiqaverasanmi ? Oybek, Tanlangan asarlar.◆ Tong otganda, apil-tapil sigirni sogʻishga borsa, sigiri ham, buzoq ham yoʻq. "Mushtum".
- Ammamning buzogʻi q. amma. Buzoqnnig yugurgani somonxonagacha Qoʻli qisqa, imko-niyati cheklangan odam yugurgani, hovliqqa-ni bilan hech narsa qilolmaydi, degan maʼ-noda ishlatiladigan maqol.◆ Qoʻlingizdan kelganini qilasiz, bek, ammo unutmangki, buzoqning yugurgani somonxonagacha. H. Gʻulom, Mashʼal.◆ Buzoqning yugurgani somonxonagacha, zirillamaliklar iniga kirib ketdi. Endi u kovakdan hali-veri chiqolmaydi. S. Ahmad, Ufq. Nomaʼqul buzoqning goʻshtini yebsiz No-maʼqul aytibsiz, nomaʼqul (bekor) qilib-siz kabi maʼnolarda ishlatiladigan ibora. ◆ -Nomaʼqul buzoqning goʻshtini bir yedik-da, — deydi Berdi tatar. A. Qodiriy, Obid ketmon.
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashБУЗОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashOʻTIL
Tillar
tahrirlash- Turkcha: dana
Ruscha ru
buzoq
1 телёнок; ◆ buzoq boquvchi телятница; ◆ yaxshi buzoq ikki onani emadi посл. ласковый телёнок двух маток сосет;
2 перен. простак, простофиля; ammamning buzogʻi разг. (букв. телёнок моей тётки) разиня, простофиля; ◆ buzoqning yugurgani somonxonagacha погов. телёнок может (только) до кормушки добежать (об ограниченности чьих-л. возможностей).