ulugʻ
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashu-lugʻ
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashULUGʻ ’buyuk\ ’har jihatdan yuqori’. Biz u l u gʻ ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. Bu sifat qadimgi turkiy tildagi ’yuqori boʻl-’ maʼnosini anglatgan ul-feʼlidan -(u)gʻ qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 594; ПДП, 438; Devon, I, 95; DS, 610): ul- + ugʻ = ulugʻ.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
1 Egallagan oʻrni, hajmi gʻoyat yirik; juda katta, ulkan, buyuk. ◆ Keltir-ganlar ikkisin bogʻlab, Tashlaganlar ulugʻ daryoga. Gʻayratiy . ◆ Xotin.. asl oʻrdaning ulugʻ, muhtasham darvozasiga yaqinlashgandan keyin oʻngdagi ayri yoʻlga burildi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . Shu kecha yoʻl tortdi.. chosh-kada [choshgohda
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash◆ ulugʻ bir toqqa yetdi. "Ha-sanxon" .
2 Kuch-qudrat, imkoniyat va sh.k. jihat-dan juda katta imkoniyatlarga eta; qudrat-li. ◆ Shayboniyxon markazlashgan ulugʻ bir davlat tuzishga intilar ekan.. qoʻl ostidagi odamlarning uxjioc 'va etiqodini ham qozo-nishga.. alohida eʼtibor berar edi. P. Qodi-rov, Yulduzli tunlar.
3 Qadr-qiymati, ahamiyati va sh.k. jiha-tidan yuqori darajali; buyuk. ◆ Bizning ja-miyatda inson qadr-qimmati har narsadan ulugʻ. Gazetadan . ◆ Shoir uchun bu olamda muxlis-ning ehtiromidan koʻra ulugʻroq baxt yoʻq. Gazetadan . ◆ Insondagi eng ulugʻ fazilatlardan biri kamtarlik va oddiylikdir. Gazetadan .
4 Salmogʻi, koʻlami, ahamiyati yuqori boʻlgan; muhim. ◆ Saidqosim ulugʻ ishlarni amalga oshiruvchilardan boʻlgani uchun quvonardi. "Uzbekistan qoʻriqlari" . ◆ Biz katta uuhiap, ulugʻ oʻzgarishlar arafasida turibmiz. Gazetadan .
5 Oʻz qobiliyati, xizmatlari bilan buyuk ishlarni amalga oshirgan va hurmat-eʼti-bor qozongan; buyuk. ◆ Qadimgi yunon mulkida oʻtgan donishmand, handasa ilmiga asos sol-gan, yer oʻlchashni oʻrgatgan ulugʻ olim [Yevklid]. M. Osim, „Ibn Sino qissasi“ . ◆ Ulugʻshoirhay-kali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehti-rom ramzi sifatida gullar qoʻyilmoqda. Gazetadan .
6 Shunday uluglikni qayd etuvchi soʻz sifatida shaxs bildiruvchi soʻzlarga qoʻshib ishlatiladi. ◆ Ulugʻamir. Ulugʻ Alisher, yash Ish-qilib, xudoyi taolo ulugʻ sultonni panohi-da asrasin.. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Bobur suratga [Navoiy suratiga] qarab turib, oʻzicha soʻradi: "Ulugʻ amir, nasib qilsa, huzu-ringizga borsam.. sheʼriyat tilsimini ochgʻuchi kalit berurmisiz?" P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Demak, Nizomiddin bu "nihoyatda xavfli toʻda"ga mansub, ulugʻ hazrat joniga qasd qilganlar orasida bor.. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
7 Rahbar, boshliq. ◆ Ilgarilari Boʻtaboy-ni, ulugʻimiz, deb yuradigan kishilar uni koʻr-ganda, "beting qursin", deb.. oʻtib ketadi-gan boʻlib qolishdi. S. Ahmad, „Hukm“ . ◆ Soʻz soʻzyu-sa, durri gavhar sochilar. Oʻrozali yurtimiz-ningulugʻi.. "Yodgor" . ◆ Iya, iya, ulugʻ, Sizham shu gapni aytdingizmi. S. Ahmad, „Hukm“ .
8 Ulugʻ (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashУЛУҒ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashRuscha ru
ulugʻ
1 великий; Ulugʻ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi Великая Октябрьская социалистическая революция;Ulugʻ Vatan urushi Великая Отечественная война; ◆ ulugʻ ayyom уст. великие, знаменательные дни; ◆ ulugʻ daryo великая река;
2 разг. старший; начальник; глава; ◆ ulugʻimizning buyrugʻi shu таково распоряжение нашего начальника;
3 большой; набольший; ◆ ulugʻ nom большое имя, большая личность; ◆ yurtning ulugʻlari набольшие люди края;
4 Улуг (имя собств. мужское и женское).